Germaniya va Yaponiya 2025 yilda birinchi marta harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Germaniya va Yaponiya 2025 yilda birinchi marta harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Germaniya qurolli kuchlari va Yaponiya quruqlikdagi o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari 2025 yilda quruqlikdagi birinchi qo‘shma mashg‘ulotlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Kyodo agentligiga ma’lum qildi.

Mashg‘ulotlar Yaponiya hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan — ular Germaniya va Yaponiya o‘rtasidagi birinchi qo‘shma quruqlikdagi manevrlar bo‘ladi. Pistoriusning so‘zlariga ko‘ra, bunday tashabbus «qonun harfiga asoslangan xalqaro tartibni saqlashga» yordam beradi.

Germaniya mudofaa vazirligi rahbari Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi harakatlaridan ham xavotir bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!