Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Saudiya Arabistonining “Saudi Aramco” davlat neft-gaz kompaniyasi ketma-ket uchinchi oy Osiyo mamlakatlari uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya “Arab Light” markasidagi neftning iyun oyidagi rasmiy sotish narxini 90 sentga Ummon-Dubay benchmarki qiymatidan yuqori bo‘lgan bir barrel uchun 2,90 dollargacha oshirgan. Boshqa yengilroq va og‘irroq turdagi neft narxi ham may oyiga nisbatan oshdi.

Shu tariqa Saudiya Arabistoni Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro xavfini kamaytirgan holda bozorda ta’minotni cheklash bo‘yicha sa’y-harakatlarini namoyish etmoqda. Agentlik tomonidan so‘ralgan treyderlar va tahlilchilar OPEK+ ishlab chiqarishni cheklash bo‘yicha kelishuvni 2024 yil oxirigacha uzaytirishini taxmin qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!