Oston O‘runovdan dubl, Masharipov ham jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi

Oston O‘runovdan dubl, Masharipov ham jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi

Eron chempionatining 26-turidan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

"Istiqlol" - "Zobaxan" uchrashuvida mezbonlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Persepolis" safarda "Nassaji Mazandaran"ni mag‘lub etdi.

Tehrondagi o‘yinda dastlab, Aliyari hisobni ochgan bo‘lsa, Masharipov imkoniyatlarni tenglashtirdi. So‘nggi daqiqalarda esa Blanko jamoasini oldinga olib chiqdi.

"Persepolis" futbolchisi Oston O‘runov jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Hamyurtimiz 6-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqada super reyd uyushtirib, yana bir golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, "Istiqlol" 57 ochko bilan turnir jadvalida hamon peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi "Persepolis" hisobida esa 56 ochko mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!