"Tarsaki yegan bola yoxud igna sanchgan bog‘cha opa": Holat bo‘yicha munosabat bildirildi

"Tarsaki yegan bola yoxud igna sanchgan bog‘cha opa": Holat bo‘yicha munosabat bildirildi

Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachining bolalarni kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqatildi. Mazkur holat bo‘yicha boshqarma ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va quyidagilar aniqlandi.

O‘rganish davomida videolavhadagi holat 2023 yil noyabr oyida Gurlan tumanidagi 23-son maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi F.S.ning bog‘cha tarbiyalanuvchilarini go‘yoki bir-biri bilan urishganligi uchun ularga tarsaki tushirganligi va holat videotasvirga olinganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, 2024 yil 17 aprel kuni tarbiyachi F.S.ning e’tiborsizligi tufayli katta guruh tarbiyalanuvchisining barmog‘i eshikning shamol ta’sirida qattiq yopilishi oqibatida jiddiy jarohat olganligi aniqlandi. Tashkilot hamshirasi bu haqda bolaning ota-onasini ogohlantirganidan keyin shifoxonada bolaning barmog‘iga maxsus sim qo‘yilib muolaja qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Bolaning qo‘liga igna sanchilgani holati o‘z tasdig‘ini topmadi.

Bugungi kunda tarbiyachi F.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!