Rossiya yadroviy qurollar ishtirokida harbiy mashg‘ulot o‘tkazilishi haqida e’lon qildi

Rossiya yadroviy qurollar ishtirokida harbiy mashg‘ulot o‘tkazilishi haqida e’lon qildi

Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Putinning topshirig‘iga binoan yaqin vaqt ichida Qurolli kuchlar Bosh shtabi Janubiy harbiy okrugning raketa qo‘shinlari, dengiz kuchlari va aviasiya bilan birgalikda strategik bo‘lmagan yadroviy kuchlarning tayyorgarligini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlarining “yadroviy mashqlari” G‘arb davlatlarining harbiy kontingentini Ukrainaga yuborish ehtimoli bilan bog‘liq.

"Makronning fransuz harbiylarining Ukrainadagi qurolli harakatlarda ishtirok etishi shartlari haqidagi so‘zlari qarama-qarshilik kuchayishining yangi bosqichidir. Shuning uchun Rossiya tomonidan “maxsus choralar” ko‘rilmasa bo‘lmaydi", — deya qo‘shimcha qildi Peskov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!