O‘zbekistonda logistika sanoatini raqamlashtirishda axborot texnologiyalarining o‘rni qanday?

O‘zbekistonda logistika sanoatini raqamlashtirishda axborot texnologiyalarining o‘rni qanday?

🗺Jahon banki tomonidan tayyorlangan Logistika samaradorligi indeksida 2023 yilda O‘zbekiston 88-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston 2018 yildagi avvalgi hisobotga nisbatan o‘z ko‘rsatkichlarini 11 pog‘onaga yaxshilagan. O‘zbekiston yangi indeksda 2,6 ball (5 balldan) to‘pladi.

🗓Raqamli logistikani iqtisodiyotga joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lgan dasturlarni amalga oshirishning asosiy vazifalaridan biri – transport va transport infratuzilmasi sohasiga zamonaviy 24 ta axborot-kommunikasiya texnologiyalarini (AKT) joriy etish sanaladi.

⏰O‘zbekistonning ham “Uzbekistan Airways”, “O‘zbekneftgaz”, “O‘zavtosanoat” kabi yirik kompaniyalari o‘z faoliyatlarida RFID texnologiyasini joriy qilgan.

Innovasion rivojlanish agentligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda RFID’ni joriy etish bo‘yicha 12 dan ortiq loyiha amalga oshirilgan. Katta logistika operatorlarining 20 foizi RFID tizimiga o‘tgan.

📍Global Trade’ning 2022 yilga taalluqli baholashlariga ko‘ra, O‘zbekiston RFID bozori hajmi 25-30 mln dollarni tashkil qilmoqda. 2025 yilgacha, milliy strategiyaga muvofiq, yurtimizda RFID texnologiyasidan foydalaniladigan yuk avtotransportlari 50%, import yuklari 30 foizni tashkil qilishi ko‘zda tutilgan.

➡️O‘zbekistonda logistika sanoatida RFID texnologiyasining rivojlanish dinamikasini quyidagicha tasvirlash mumkin:

➡️2015 yil: 2-3%;
➡️2016-2017 yillar: 5-7%;
➡️2018-2019 yillar: 10-15%;
➡️2020 yil: 20-25%;
➡️2021-2022 yillar: 30-35%;
➡️2023-2025 yillar: 50-60% (prognoz).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!