Abbosbek Fayzullayevning goli SSKAning g‘alabasi uchun yetarli bo‘lmadi

Abbosbek Fayzullayevning goli SSKAning g‘alabasi uchun yetarli bo‘lmadi

Rossiya Premyer-Ligasining 27-turidan o‘rin olgan SSKA - "Rubin" bahsida tomonlar murosa ko‘chasini tanlashdi, 2:2.

O‘yinda Rojkov hisobni ochgan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev tenglashtirib qo‘ydi. 74-daqiqada Chalov jamoasini oldinga olib chiqqandi, lekin 90+2 daqiqada Daku mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi.

"Rubin" safida harakat qilayotgan legioner futbolchilarimiz Rustam Ashurmatov hamda Umarali Rahmonaliyev zaxirada qoldirildi.

Mazkur uchrashuvdan keyin turnir jadvalida moskvaliklar 8, qozonliklar esa 9-o‘rinda borishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!