Xitoy Ukraina mojarosi masalasida tegishli tomonlar bilan muloqotni davom ettirishga tayyor — XXR rahbari

Xitoy Ukraina mojarosi masalasida tegishli tomonlar bilan muloqotni davom ettirishga tayyor — XXR rahbari

Si Szinpin bu haqda Parijda Fransiya Prezidenti va Yevropa komissiyasi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuvda aytib o‘tdi.

"Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi jangovar harakatlar kuchayishiga birgalikda qarshi turishi va tinchlik muzokaralari uchun sharoit yaratishi kerak", — deya fikr bildirdi Xitoy rahbari.

Si Szinpin, shuningdek, Yaqin Sharq mintaqasidagi holatga to‘xtalib o‘tib, Xitoy Falastinning BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!