Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi

Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi

Rossiya prezidenti inaugurasiyadan bir kun oldin Hukumat uyiga kelib, Mishustin boshchiligidagi hukumatga o‘tgan davrdagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.

Davlat rahbari hukumat pandemiya davridan munosib o‘tgani, maxsus operasiya tufayli kiritilgan sanksiyalarni samarali yengib o‘tayotganini va iqtisodiy o‘sish ko‘rsatgichlari “Katta yettilik” davlatlaridan yuqori bo‘lganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Putin yangi hukumat tuzilganiga qadar ijro hokimiyat barcha zarur ishlarni uzuluksiz amalga oshirishi zarurligini aytib o‘tdi.

Mixail Mishustin boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 16 yanvardan boshlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!