Kuleba Yevropani «urush iqtisodiyoti»ga o‘tishga chaqirdi

Kuleba Yevropani «urush iqtisodiyoti»ga o‘tishga chaqirdi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Bryusselda bo‘lib o‘tgan Mudofaa sanoati forumida nutq so‘zladi va Yevropa Ittifoqi davlatlarini o‘z iqtisodiyotlarini qayta yo‘naltirishga chaqirdi.

«Agar biz Yevropa Ittifoqida tinchlikni saqlamoqchi bo‘lsak, Yevropada harbiy iqtisodiyot va harbiy sanoatga o‘tishimiz kerak», dedi Kuleba va bu «Rossiya bilan yangi qurollanish poygasida» g‘alaba qozonishning yagona yo‘li ekanligini qo‘shimcha qildi.

Kuleba, shuningdek, yevropalik hamkorlarni Ukraina mudofaa korxonalariga sarmoya kiritishga chaqirdi.

«Bu Ukrainani ko‘proq qurol-yarog‘ bilan ta’minlash uchun ajoyib imkoniyat. Bizning ishlab chiqarish quvvatimiz moliyaviy resurslarimizdan ancha yuqori», — deya qo‘shimcha qildi u.

Evropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Josep Borrel, o‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi davlatlarini Kiyevga havo hujumidan mudofaa tizimlari va o‘q-dorilarni ko‘proq o‘tkazishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!