Jizzaxda er xotinini kaltaklab, bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi

Jizzaxda er xotinini kaltaklab, bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida ayolning jasadi yashash xonadonidan topildi. Bu haqda «Millar» dasturi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol va turmush o‘rtog‘i o‘rtasida doimiy janjallar bo‘lib turgan.

Ayol o‘zini erining harakatlaridan himoya qilish uchun himoya orderini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Aniqlanishicha, marhuma turmush o‘rtog‘i tomonidan qasddan bir necha marta urib, tan jarohatlar yetkazilib, bo‘g‘ishi oqibatida vafot etgan. Bularning barchasi yosh o‘g‘lining ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!