Uy-joy sotib olish yoki qurish uchun subsidiya kimlarga beriladi?

Uy-joy sotib olish yoki qurish uchun subsidiya kimlarga beriladi?

Qonunchilikka ko‘ra, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya, daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga ajratilishi belgilangan.

Bunda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha bo‘lganlar, daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila deb hisoblanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming so‘mdan 8 mln 400 ming so‘mgacha);

Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming so‘mdan 9 mln 660 ming so‘mgacha).

❕Ma’lumot uchun: bugungi kunda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 050 000 so‘m.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!