FAO bilan bioxilma-xillikni ko‘paytirish va ekotizimlarni saqlashga qaratilgan kelishuv imzolandi

FAO bilan bioxilma-xillikni ko‘paytirish va ekotizimlarni saqlashga qaratilgan kelishuv imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov tomonidan kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuv orqali FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va qayta tiklashga ta’sirini baholash dasturi» loyihasi amalga oshirilishi belgilandi.

Loyihaning asosiy maqsadi bug‘doyga asoslangan, barqaror va inklyuziv ishlab chiqarish landshaftlari va qiymat zanjirlari uchun eng yaxshi amaliyot hamda innovasiyalarni joriy etishdan iborat. Shuningdek, loyiha hududlar kesimida butun mamlakat bo‘ylab bioxilma-xillikni ko‘paytirish hamda global atrof-muhit foydalari uchun ishlab chiqarish landshaftlarida ekotizimlarni saqlash va tiklash hamda qishloq xo‘jaligini teng ravishda qo‘llab-quvvatlash uchun kengaytirilgan ekotizim xizmatlarini yaratishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun, loyihani o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida yurtimizda joriy yilning 26 fevral kuni “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hamda Global ekologik jamg‘arma ishtirokida «O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va yerni qayta tiklashga ta’sirini baholash dasturi» loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 102-sonli qarori qabul qilingan.

Loyihani amalga oshirish natijasida Respublika bo‘yicha 350 000 gektar sug‘oriladigan va lalmikor yer maydonlari landshaftida barqaror oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiyalar, bioxilma-xillikni yaxshilash bo‘yicha ulardan oqilona foydalanish uchun samarali boshqarish orqali lanshaftlar maydonini 50 000 gektarga yetkazish belgilanmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarish landshaftlarida ekotizimlarni saqlash va tiklash hamda qishloq xo‘jaligini teng ravishda qo‘llab-quvvatlash orqali Global atrof-muhit yaxshilanishi ko‘zda tutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!