Erdo‘g‘an: Iroqda terror botqog‘i qurib ketguncha kurashamiz

Erdo‘g‘an: Iroqda terror botqog‘i qurib ketguncha kurashamiz

Biz Iroq shimolidagi terror botqog‘ini butunlay quritmagunimizcha kurashimizni davom ettiramiz. «Report»ning xabar berishicha, bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an aprel oyi oxirida Iroqqa 13 yildan so‘ng amalga oshirgan tashrifini izohlar ekan so‘z ochdi.

«Iroq PKKni taqiqlangan tashkilot deb e’lon qildi. PKK terror tashkiloti deb e’lon qilinishini kutamiz. Terror Iroq uchun ham katta tahdid. PKK Iroq va Suriyada o‘z o‘rnini topar ekan, o‘zimizni xavfsiz his qila olmaymiz», - dedi Erdo‘g‘an.

Turkiya rahbari, Iroq va Suriyadagi amaliyotlar natijasida manevr maydoni toraygan terror tashkiloti yaqin kunlarda zararsizlantirilishini qayd etdi.

Erdo‘g‘an, ISHIDga qarshi kurash muvaffaqiyatli olib borilganini aytdi: «ISHID balosi Turkiya uchun bo‘lgani kabi Iroq uchun ham tahdiddir. ISHID kabi terror tashkilotlarga qarshi kurashda Afrikadagi birodarlariga eng katta yordam ko‘rsatayotgan davlat Turkiyadir».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!