Armaniston va Ozarbayjonning Qozog‘istonda o‘tkazadigan muzokara sanasi aniq bo‘ldi

Armaniston va Ozarbayjonning Qozog‘istonda o‘tkazadigan muzokara sanasi aniq bo‘ldi

Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari 10 mayga muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari Ararat Mirzoyan va Jeyhun Bayramov 10 may kuni Qozog‘istonda muzokara o‘tkazadi.

«Avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq, 2024 yil 10 may kuni Olmaota shahrida Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar bo‘limlari rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi», deb xabar qildi dushanba kuni Armaniston TIV matbuot xizmati, «Interfaks».

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi muzokaralar 10 mayga belgilangani va Olmaotada o‘tkazilishini tasdiqladi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!