Sardobada maktab o‘quvchilari dars vaqtida nomaqbul klip tomosha qilishdi

Sardobada maktab o‘quvchilari dars vaqtida nomaqbul klip tomosha qilishdi


Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari dars paytida ochiqchasiga raqsga tushayotgan qizning lavhasini tomosha qilayotgan videorolik paydo bo‘lishi bilan bog‘liq holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

Voqea haqidagi ma’lumotni viloyat maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi boshqarmasi tasdiqladi.

Hodisa hududdagi maktablardan birida o‘qituvchi vaqtincha darsga kelmaganida sodir bo‘lgan. Bo‘lim voqeaning barcha holatlariga har tomonlama oydinlik kiritish uchun vaziyatni nazoratga oldi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi”, — deyiladi boshqarma xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!