80 yil ichida eng kuchlisi: Braziliya janubida suv toshqinlari davom etmoqda

80 yil ichida eng kuchlisi: Braziliya janubida suv toshqinlari davom etmoqda

Braziliya janubida kuchli yomg‘irlar so‘nggi 80 yillikdagi eng kuchli suv toshqinlariga sabab bo‘ldi.

Tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan Riu-Grandi-du-Sul shtati rasmiylariga ko‘ra, kamida 78 kishi halok bo‘lgna, yana kamida yetti kishining o‘limi ushbu favqulodda vaziyat bilan bog‘liqligi tekshirilmoqda. Kamida 74 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Mahalliy aholi vakillaridan kamida 25 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Yarim millionga yaqin kishi elektr energiyasi va ichimlik suv ta’minotidan uzilib qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!