Fransiya Ukrainaga qo‘shin yuborganini rad etdi

Fransiya Ukrainaga qo‘shin yuborganini rad etdi

Fransiya tashqi ishlar vazirligi respublika qo‘shinlarining Ukrainaga yuborilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

“Fransiyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi haqidagi dezinformasion kampaniya to‘xtovsiz davom etmoqda... Yo‘q, Fransiya Ukrainaga askar yubormagan”, — deyiladi xabarda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron avvalroq The Economist jurnali bilan suhbatda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Ukraina bo‘yicha keyingi qadamlarini belgilashda “juda shubhali” degan fikrni bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!