Makron: Fransiya na Rossiya bilan, na rus xalqi bilan urush holatida emas

Makron:  Fransiya na Rossiya bilan, na rus xalqi bilan urush holatida emas

Fransiya Rossiya bilan urushayotgani yo‘q. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron XXR raisi Si Szinpin bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi «Report» xorijiy OAVga tayanib.

«Bizda Moskvadagi rejimni o‘zgarish bo‘yicha rejalar yo‘q. Fransiya na Rossiya bilan, na rus xalqi bilan urush holatida emas», — dedi Makron.

Uning qayd etishicha, Parij Rossiyada hokimiyat almashishga intilmayapti.

Bungacha Fransiya elchisi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan edi. Fransiya elchisiga Rossiya Parijning urushning yanada kengayishiga olib kelgan buzg‘unchi va provokasion chizig‘ini keskin qoralashi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakat qo‘shinlarining Ukrainaga jo‘natilishi haqidagi xabarni asossiz deb atagan va Ukrainaga harbiy xizmatchilar yuborilmaganini bildirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!