HAMAS Isroil bilan tinchlik kelishuviga rozi bo‘ldi

HAMAS Isroil bilan tinchlik kelishuviga rozi bo‘ldi

Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiya G‘azo sektorida sulh tuzish haqidagi taklifni qabul qilishga tayyorligini aytdi. Bu haqda u Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdurahmon bin Jasim Ol Soniy va Misr Bosh razvedka xizmati rahbari Abbos Komil bilan telefon orqali suhbatda ma’lum qilgan. Qatar va Misr HAMAS va Isroil o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilmoqda.

«Ularga HAMAS harakati o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv bo‘yicha takliflarni ma’qullagani haqida xabar berdim», deb «Kommersant» Honiya bayonotidan iqtibos keltirdi.

Bundan sal oldin The Times of Israel nashri Isroil armiyasi Rafah shahrining sharqiy mintaqasida aholini evakuasiya qilinishga chaqiruvchi varaqalar tarqata boshlagani haqida xabar bergan edi. Isroil G‘azo sektorining janubida joylashgan shaharda harbiy amaliyot o‘tkazmoqchi, garchi g‘arbiy ittifoqchilari uni bundan qaytarayotgan bo‘lsa-da. Rafahda taxminan bir million qochqin yashamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!