Tojikistonda kuchli sel uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Tojikistonda kuchli sel uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Tojikistonda kecha kuchli yog‘ingarchiliklar ortidan yuz bergan sel oqiziqlari sabab 3 kishi halok bo‘ldi.

5 may kuni Tojikistonning tog‘ va tog‘ oldi etaklarida yuz bergan kuchli jala va sel oqiziqlari ortidan, Tojikistonning ko‘plab infrastrukturalari (avtomobil yo‘llar, ko‘priklar) va aholi yashash xonadonlarini sel oqiziqlari yuvib o‘tgan. Ayrim tumanlarda ahamiyatga molik ko‘priklar tabiiy hodisadan butunlay vayron bo‘lib, ko‘plab chorva mollari nobud bo‘lgan.

Afsuski, Favqulodda vaziyatlari xizmati kunlik hisobotida, sel oqiziqlari natijasida Tojikistonda 5 may kuni 3 kishi halok bo‘lgani rasmiy tasdiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!