Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni Moskvadagi paradda ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni Moskvadagi paradda ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni Moskvada 1941−1945 yillarda bo‘lib o‘tgan urushdagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradning faxriy mehmoni bo‘ladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan paradda prezidentlar: Aleksandr Lukashenko (Belarus), Qosim-Jomart Toqayev (Qozog‘iston), Sadir Japarov (Qirg‘iziston), Emomali Rahmon (Tojikiston), Serdar Berdimuhamedov (Turkmaniston), Migel Dias-Kanel Bermudes (Kuba), Tongloun Sisulit (Laos) va Umaru Sissoku Embalo (Gvineya-Bisau) ham ishtirok etadi.

Prezidentlar Vladimir Putin bilan birga Noma’lum askar qabriga gul qo‘yish marosimida ham qatnashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!