Isroil Al Jazeera telekanalining ofislarini yopdi

Isroil Al Jazeera telekanalining ofislarini yopdi

Isroil hukumati Al Jazeera telekanalining mamlakatdagi ofislarini yopishga qaror qildi. U telekanalni provokator deb atadi, deb yozadi Euronews.

Isroil hukumati Qatarga tegishli Al Jazeera teleradiokompaniyasining mahalliy ofislarini yopishga bir ovozdan qaror qilgan.

Bosh vazir Binyamin Netanyaxu qarorni X platformasida e’lon qildi, ammo bu harakat kanalga qanday ta’sir qilishi, qachon kuchga kirishi va chora doimiymi yoki vaqtinchalikmi, noma’lum.

Isroil matbuoti ovoz berish natijasida Isroilga telekanalning mamlakatdagi faoliyatini 45 kunga to‘xtatib qo‘yishga imkon berishini xabar qildi.

“Men rahbarlik qilayotgan hukumat bir ovozdan Isroildagi provokasion “Al Jazeera” telekanalini yopishga qaror qildi”, — deb yozdi Netanyaxu X ijtimoiy tarmog‘ida.

Al Jazeera Isroilga qarshi tashviqot olib borayotganini qat’iyan rad etdi.

Al Jazeera butun urush davomida G‘azo shifoxonalaridan havo hujumlari va qonli sahnalarni efirga uzatib, Isroilni ommaviy qotilliklarda ayblab kelgan kam sonli xalqaro ommaviy axborot vositalaridan biridir. Isroil Al Jazeerani HAMAS bilan hamkorlikda aybladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!