Isroilning Rafahda quruqlikdagi operasiya o‘tkazishi tinch aholi orasida yanada ko‘proq azob va o‘limga olib keladi

Isroilning Rafahda quruqlikdagi operasiya o‘tkazishi tinch aholi orasida yanada ko‘proq azob va o‘limga olib keladi

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi.

Qayd etish joizki, SAXALning Rafahga hujum rejasi uzoq beri tayyorlanmoqda. Isroil bunday rejalari uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan tanqid qilinmoqda. G‘azo sektorida harbiy amaliyot boshlanib, mintaqa shimolidan tinch aholi evakuasiya qilinishi ortidan 1,3 millionga yaqin falastinlik Rafahdan boshpana topgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 may kuni erta tongda Isroil armiyasi Rafahning ba’zi hududlaridan aholi evakuasiya qilinishini e’lon qilgan edi. Falastinliklarga Al-Mavasi va Xon Yunus shaharlaridagi “gumanitar zonalar”ga ko‘chib o‘tish taklif qilinmoqda. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa yahudiy davlatini hech qanday bosim to‘xtata olmasligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!