Inaugurasiyadan oldin Putinning yangi limuzini namoyish etildi

Inaugurasiyadan oldin Putinning yangi limuzini namoyish etildi

«Rossiya 1» muxbiri Pavel Zarubin birinchi marta Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yangilangan Aurus Senat avtomobilini namoyish etdi. U tegishli videolarni o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilgan.

Aurus yangilanishidagi asosiy narsa yangi ko‘rinishdir.

Umumiy kontsepsiya o‘zgarmagan bo‘lsada: optika, bamper, radiator panjarasi, kapot va old qanotlar o‘zgartirilgan.

Jurnalistning aniqlik kiritishicha, Rossiya davlat rahbari 7 may kuni Kremlda bo‘lib o‘tadigan inaugurasiya marosimiga o‘zgartirilgan aurusda keladi.

Yangilangan Aurus Senat limuzini haqida batafsil ma’lumot 7 may, seshanba kuni paydo bo‘lishi kerak. Shu kundan boshlab maxsus mo‘ljallangan garaj parkiga yangi limuzin qo‘shiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!