Dilshodbek Ro‘zmetov AQShda debyut jangini o‘tkazadi

Dilshodbek Ro‘zmetov AQShda debyut jangini o‘tkazadi

Yarimog‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Dilshodbek Ro‘zmetov o‘tgan yili noyabr oyida AQShga jo‘nab ketgan edi.

O‘tgan yarim yil davomida faqat mashg‘ulotlar bilan cheklangan charm qo‘lqop ustamiz yaqinda "Fight Game Advisors" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagandi. Nihoyat, uning okean ortidagi ilk jangi sanasi va manzili tasdiqlandi.

Havaskorlar o‘rtasida jahon chempionatining kumush medali sovrindori, Osiyo chempioni, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi bo‘lgan Ro‘zmetov 22 iyun kuni AQShning Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Hozircha uning raqibi rasman ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli charm qo‘lqop ustamiz 2021 yilning dekabr oyida professional boksda debyut qilgan edi. Shundan so‘ng u prof ringda 3 ta jang o‘tkazdi va barchasida g‘alaba qozondi. Ro‘zmetov hozirda Florida shtatining Boka-Raton shahrida Artyom Kuzminov va Derik Santos bilan birgalikda mashg‘ulot olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!