Toshkentda maktab hovlisidan 25 yoshli yigitning osilgan jasadi topildi

Toshkentda maktab hovlisidan 25 yoshli yigitning osilgan jasadi topildi

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi maktabning orqa tomonidan 25 yoshli yigit osilgan holda topilgan. Bu haqda «Tez News»ga uning ichki ishlar tizimidagi manbalari ma’lum qildi.

Bosh prokuratura ushbu ma’lumotni «Tez News» muxbiriga tasdiqlab, jasad Yashnobod tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan Ivan Reshatnyakka tegishli ekanini ma’lum qilgan. Shuningdek, yigitning 13 noyabr, juma kuni ertalab soat 07:30 da tumandagi Ohangrabo ko‘chasida joylashgan 212-maktab orqa tomonidagi temir panjara tashqarisida bo‘lgan isitish trubasiga o‘zini osgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, sud-tibbiy ekpertizasining dastlabki ma’lumotnomasida o‘lim sababi sifatida bo‘yin a’zolarining sirtmoqqa osilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya ko‘rsatilgan.

Ichki ishlar tizimidagi manbaning ta’kidlashicha, Ivan Reshatnyakning cho‘ntagidan o‘zini osganida hech kim aybdor emasligini qayd etgan kompyuterda yozilgan tilxat chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!