Toshkentda fuqaro o‘zi olib qochgan mashinani boshqarib ketayotganda qo‘lga olindi

Toshkentda fuqaro o‘zi olib qochgan mashinani boshqarib ketayotganda qo‘lga olindi

2019 yil 13 mart kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi bankning avtomashinalar turar joyida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan A.SH. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinani haydab qochgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi B.YU. mast holda sodir etganligi aniqlanib, u avtomashinani Uchtepa tumani 12-dahada haydab ketayotganida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!