Toshkentda deputat MIB xodimini haqorat qilib, faol qarshilik ko‘rsatdi (VIDEO +18)

Toshkentda deputat MIB xodimini haqorat qilib, faol qarshilik ko‘rsatdi (VIDEO +18)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Deputatga qonun “bir tiyin”mi? Unga qonunlarni mensimaslik vakolati berilganmi?” nomli xabarlar tarqaldi.

Toshkentda deputat MIB xodimini haqorat qilib, faol qarshilik ko‘rsatdi (VIDEO +18)

Mazkur murojaatda Xalq deputatlari Toshkent shahar Yakkasaroy tumani kengashi deputati, tadbirkor-oshpaz, A.Salmanovning qonun talablarini buzib, Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi davlat ijrochisi ish yurituvidagi ijro ishi bo‘yicha ijro harakatlarini amalga oshirishga qarshilik ko‘rsatib, nojo‘ya so‘zlar bilan davlat ijrochisini haqorat qilayotgani aks etgan videolavhalar aks etgan.

Aniqlanishicha, Majburiy ijro byurosi Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituvida, Toshkent shahar Iqtisodiy sudining 29.07.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan undiruvchi “Rakatboshi” MFY foydasiga unga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli bo‘lgan Yakkasaroy tumani, O‘rikzor ko‘chasi, 138-uy manzilda joylashgan bino inshoatlardan qarzdor "BRABUS-PLUS" MCHJni majburiy tartibda chiqarish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.

Ijro harakatlarini olib borish jarayonida, Toshkent tumanlararo Ma’muriy sudining 16.11.2021 yildagi ajrimiga ko‘ra ijro harakatlari to‘xtatilgan bo‘lib, ushbu sudining 09.12.2021 yildagi ajrimiga ko‘ra to‘xtatib turish tarzidagi daslabki himoya chorasi bekor qilingan.

Yuqoridagilarga asosan, mazkur ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilib, qarzdor "BRABUS-PLUS" MCHJ majburiy tartibda chiqarish bo‘yicha ijro harakatlarini amalga oshirish 2022 yil 26 yanvar soat 10:00 ga belgilangan bo‘lib, qarzdorni chiqarishning imoniyati bo‘lmaganligi sababli, ijro harakatlari keyinga qoldirilgan.

Shundan so‘ng, "BRABUS-PLUS" MCHJ majburiy tartibda chiqarish bo‘yicha ijro harakatlarini amalga oshirish 2022 yil 23 fevral soat 10:00 da belgilangan bo‘lib, davlat ijrochisi N.Gaipov ijro harakatlarini amalga oshirish vaqtida, o‘zini Yakkasaroy tuman “Milliy tiklanish” partiyasining deputati deb tanishtirgan A.Salmanov faol qarshilik ko‘rsatib, davlat ijrochisini har xil so‘zlar bilan qattiq haqorat qilgan.

A.Salmanov “Brabus Plus” MCHJning ta’sischisi hisoblanib, ayni paytda xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi deputati sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat va deputat tomonidan ko‘rsatilgan faol qarshilik ko‘rsatish holati bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda hamda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Shu o‘rinda, o‘zini deputat yoki taniqli oshpaz ekanini ro‘kach qilgan fuqarolarimiz barcha qatori sud qarori ijrosini ta’minlashlari shart ekanini eslatgan bo‘lar edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!