O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federasiyasiga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federasiyasiga keldi


O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federasiyasiga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi.

“Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!