Turkiya xalqaro gaz markaziga aylanmoqda

Turkiya xalqaro gaz markaziga aylanmoqda

Kelgusi yillarda Turkiyada tabiiy gazni suyultirish zavodlari qurilishi rejalashtirilgan. U xorijga dengiz kemalarida yetkaziladi, deb xabar berdi «Türkiye» gazetasi respublika energetika vazirligidagi manbalarga tayanib.

Bunday zavodlarni qurish Turkiya parlamenti tomonidan 2 may kuni qabul qilingan, respublika tomonidan import qilinadigan suyultirilgan gazni sotishga ruxsat beruvchi qonun loyihasi tufayli mumkin bo‘ldi. Ushbu hujjat Turkiyani xalqaro gaz markaziga aylantirish va u orqali Yevropaga, jumladan, Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib berish uchun qonunchilik bazasini mustahkamladi.

Turkiya Energetika vazirligi respublikaning Qora dengizda o‘z tabiiy gazini qazib olishini, uni Ozarbayjon, Rossiya va Erondan import qilishini, shuningdek, uni turli mamlakatlardan LNG shaklida sotib olishini ta’kidladi. Hozirda Turkiyada gazni suyultirish zavodlari mavjud emas. Ular ham davlat dasturlari doirasida, ham xususiy sarmoya hisobidan qurilishi rejalashtirilgan.

Turkiya energetikani tartibga solish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Turkiya 50,5 milliard kub metr tabiiy gaz import qilgan. Shundan taxminan 30%i LNG shaklida. Mutaxassislarning fikricha, yaqin yillarda bu hajm 40 foizgacha oshadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!