«Putin muvaffaqiyat qozonmasligi kerak». Berlin Ukrainaga yordam berish muhimligi haqida gapirdi

«Putin muvaffaqiyat qozonmasligi kerak». Berlin Ukrainaga yordam berish muhimligi haqida gapirdi

Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius AQSh va Kanadaga to‘rt kunlik tashrifi avvalida Ukrainani Rossiya agressiyasidan himoya qilishda birgalikda qo‘llab-quvvatlashning davom etishi muhimligini ta’kidladi.

«Putin o‘zining shafqatsiz bosqinchilik urushida muvaffaqiyat qozonmasligi kerak. Demokratiyalar o‘zini himoya qilishga qodirmi yoki yo‘qmi degan savol tug‘iladi. Bu Yevropa uchun eng muhim strategik vazifa, Putinning urushi jahon tartibiga eng katta tahdiddir», — dedi u Nyu-Yorkda Amerika yahudiy qo‘mitasi vakillari oldida nutq so‘zlab.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!