O‘zgidromet 14 ta shahar atmosfera havosi sifati to‘g‘risidagi byulletenni taqdim etdi

O‘zgidromet 14 ta shahar atmosfera havosi sifati to‘g‘risidagi byulletenni taqdim etdi

Nurafshon (To‘ytepa) shahrida havo tarkibida mayda dispers zarrachalar miqdori sezilarli ortgan.

O‘zgidromet 8 may holatiga respublikaning 14 ta shahar atmosfera havosi sifati to‘g‘risidagi byulletenni taqdim etdi.

Bu safar byulleten ma’lumotlari qatoriga Buxoro shahrida o‘rnatilgan avtomatik datchik ma’lumotlari ham qo‘shildi. Shunday qilib, respublikaning barcha yirik shaharlaridagi havo sifati monitoringini amalga oshiruvchi avtomat datchik ma’lumotlari bir platformaga jamlandi.

Farg‘ona shahrida Ozon konsentrasiyasi miqdori milliy standartlar bo‘yicha sutkalik ruxsat etilgan me’yorlarga juda yaqin.

Umuman olganda, markaziy shaharlarda havoni ifloslantiruvchi moddalar milliy standartlarimiz bo‘yicha sutkalik ruxsat etilgan me’yordan ortmaganini ko‘rish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!