Ilk she’rlarimni botinkamning ichiga yashirib yurganman — Xurshid Davron

Ilk she’rlarimni botinkamning ichiga yashirib yurganman — Xurshid Davron

Joriy yilning 4 may kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani 229-maktabda O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida Xurshid Davron o‘tirganlarga hayotiy tajribalari bilan bo‘lishib, tarixiy jarayonlar, bugungi adabiy muhit haqida so‘zlab berdi. Shundan so‘ng shoir she’rlari o‘quvchilar tomonidan aytildi, shoirga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

— She’r yozishimni bolaligimda hammadan yashirganman, — dedi O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron. — Ilk she’rlarimni botinkamning ichiga yashirib yurganman. Keyinchalik o‘z ammam ona tili va adabiyot fanidan dars o‘tib, mendagi ishtiyoqni payqab qolgan. Keyinchalik katta ijodga qadam qo‘yib, hozirgacha ijoddaman. Men yozolmay qolishdan qo‘rqmayman, buni allaqachon bo‘ynimga olib bo‘lganman.

So‘ngra shoir 6-sinflarga adabiyot fanidan dars o‘tib, o‘quvchilarga O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov hamda o‘zining she’rlarida Vatan mavzusiga to‘xtalib, O‘zbekiston tarixi, buguni, yoshlarning o‘y-xayollari haqida gapirib o‘tdi. Dars so‘nggida shoirdan o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!