Surxondaryoda haydovchi «Cobalt»da 6 yoshli qizni urib, voqea joyidan qochib ketdi

Surxondaryoda haydovchi «Cobalt»da 6 yoshli qizni urib, voqea joyidan qochib ketdi

Xabarga ko‘ra, soat 23:00 larda Qumqo‘rg‘on tumani G‘alaba mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy avtomobil yo‘lining 89-kilometrida haydovchi «Cobalt» avtomobilida Sho‘rchi–Boysun yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib borib, yo‘l chetidan to‘satdan yugurib chiqqan 6 yoshli qizni urib, voqea joyidan qochgan. Qizning otasining so‘zlariga ko‘ra, ular muzqaymoq sotib olgani do‘konga borayotgan bo‘lgan. Qiz og‘ir jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

«Burilish joyida mashinani sekinlashtirdim va o‘sha payt menga qarab oq ‘Jiguli’ mashinasi kelayotgandi. Keyin o‘sha yerda nimadir orqasidan yugurib chiqdi, nimaligini bilmadimu, mashina taq etganini eshitdim. Shu bilan yurib ketdim va qo‘rqa boshladim. Mashinani tezlashtirib, uy tomonga haydab ketdim. Nimani urganimni bilmadim, stress holatiga tushgandim», — deya voqea qanday sodir bo‘lganini aytib bergan haydovchi.

Ta’kidlanishicha, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarni farzandlariga nisbatan diqqatliroq bo‘lishga va mashinani belgilangan tezlikdan oshirmaslikka chaqirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!