Qashqadaryoda "mast" fuqaro damas mashinasini olib qochdi

Qashqadaryoda "mast" fuqaro damas mashinasini olib qochdi

Qashqadaryoda 2021-yil 30-noyabr kuni 29 yoshli T.M. Qashqadaryo viloyati “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unda shu kuni soat 20:50 larda, o‘ziga tegishli bo‘lgan oq rangli “Damas” rusumli avtomashinasida Kitob tumani «X.Do‘stligi» mahallasi hududida joylashgan dorixonaga kelib, avtomashina eshiklarini qulflanmasdan va kalitini o‘t oldirish joyida qoldirib, 1-2 daqiqaga kirib ketganligidan foydalanib noma’lum shaxs avtomashinasini olib qochib ketganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli, avtomashina Kitob tumani «X.Olimjon» mahallasi hududida ushlanib, transport vositasini 42 yoshli E.N. spirtli ichimlik ichgan holatda boshqarib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan E.N.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!