Amerikalik taniqli bokschi Bahodir Jalolov haqida fikr birdirdi

Amerikalik taniqli bokschi Bahodir Jalolov haqida fikr birdirdi

Superog‘ir vazn toifasida amerikalik professional bokschi Jared Anderson Bahodir Jalolov haqida gapirdi.

Anderson talkSPORT nashri muxbiri bilan suhbatda og‘ir vazn toifasining bo‘lajak yetakchilari haqida so‘z yuritdi.

"Buni aytish qiyin, chunki bu vaznda bitta o‘tkazib yuborilgan zarba tufayli kimdir faoliyatini tugatishi mumkin. Ha, juda qiyin. Ammo divizionimizda bir necha mahoratli bokschilar bor. Muxlislarga Jastis Huni yoqadi.

Menimcha, u juda tajribali bokschi. Ko‘ramiz, u nimaga erisha olar ekan. Bahodir Jalolov ham yaxshi. Menimcha, uni "sindirish" oson ish emas. Ammo ishonchim komil-ki, agar siz uning oldingi qo‘lini aylanib o‘tsangiz, juda sodda jang qilishini ko‘rasiz", dedi Anderson.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Jared Anderson prof ringda 17 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!