Qarshi shahrida fuqaroni milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Qarshi shahrida fuqaroni milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan Qarshi harbiy prokuraturasi va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.T. fuqaro R.S.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishilari orqali milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 4 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan M.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!