Navoiylik vrach Qur’on oyatlarining inson organizmidagi gijjalarga ta’sirini aniqladi

Navoiylik vrach Qur’on oyatlarining inson organizmidagi gijjalarga ta’sirini aniqladi

Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik-bioximik laboratoriyasi oliy toifali laboranti, 26 yillik tajribaga ega vrach Zafar Fozilov Qur’on oyatlarining inson organizmidagi gijjalarga ta’sirini o‘rganmoqda. Bugungi kungacha bu borada bir nechta tajribalar o‘tkazilib, natijalar ham olingan.

Hidoyat nashrining muxlisiman, - deydi Z.Fozilov. Jurnalni o‘qib yurgan kunlarimining birida menda shunday fikr tug‘ildi: laboratoriya bor, kerakli shart-sharoit mavjud. Bakteriologik laboratoriyada bemorlardan olingan namunalar mikroblarning ozuqali muhitida ekiladi, ya’ni bakterioskopiya qilinadi. Ma’lum harorat va vaqtdan so‘ng mikroblar unib chiqadi va ularning tuzilishiga qarab qaysi turga mansubligini aniqlaymiz. Agar shu jarayonda Qur’on oyatlari yangrasa bakteriyalar odatdagicha unishda davom etarmikan, deb o‘ylab qoldim va bemorlarimning biridan olingan namunalarda buni sinab ko‘rdim. Najas tahlil qilinganda bemor organizmida pakana gijjalar borligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu gijjalardan ikkita namuna olib, ularni bir xil sharoitdagi ikkita xonaga qo‘ydim. Odatda bu mitti qurt lar distillangan suvda yuvilgandan keyin petri likopchasida quruq holda bir soatdan so‘ng nobud bo‘ladi. Gijjalarni ikkita xonaga joylashtirilgan vaqtni belgilaganimdan so‘ng birinchi xonadagi namunalarga 15 daqiqa Qur’on oyatlarini eshittirdim . Buni qarangki mazkur sharoitda 1 soatda o‘lishi lozim bo‘lgan gijjalar harakatdan to‘xtadi nobud bo‘ldi. Shu zahoti narigi xonaga o‘tdim. U yerda esa gijjalar hamon tirik edi. Shunda mazkur tajribani yana davom etish kerakligi, jahon olimlari tomonidan bu masala, ya’ni Qur’on oyatlarining gijjalarga ta’siri qay darajada o‘rganilganligini chuqur bilish kerakligini angladim. Bugungi kunda izlanishlarimni davom etayapman. Islomshunos olimlar bilan maslahatlashmoqdaman.

Shifokrning aytishicha tajribani keng ommaga namoyish etish uchun mikroblar harakatini tasvirga tushirib beruvchi zamonaviy mikroskop zarur. Bugungi kunda shifoxona rahbariyatini ham mazkur jarayon qiziqtirib qo‘ygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!