Navoiy viloyatida jinoiy guruhning 9 a’zosi qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida jinoiy guruhning 9 a’zosi qo‘lga olindi

Shu yilning 4 dekabr kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi korxonalardan birining qorovuli V.V. IIBga murojaat qilib, unda shu kuni  nafar noma’lum shaxslar korxona hududiga kirib, uni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, “Samsung” mobil telefonini tortib olib, rangli metallar saqlanadigan omborxona qulfini buzib ochib, metall parchalarini olib ketayotgan vaqtlarida korxona ishchisi S.R. kelib qolishi oqibatida jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmay oq rangli davlat raqamlari bo‘lmagan “Ford” rusumli avtomashinada voqea joyidan yashiringanliklarini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Karmana tumani Yangiobod mahallasida yashovchi X.A., N.M., U.N., A.I., D.X.,  A.X., N.N.lar va Buxoro viloyatida yashovchi O‘.X., M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!