​Jizzaxda qabrtoshlar o‘g‘risi ushlandi

​Jizzaxda qabrtoshlar o‘g‘risi ushlandi

Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanidagi «G‘oyib ota» qabristonidan qabrtoshlarini o‘g‘irlab sotgan shaxsga nisbatan hukm o‘qildi. Ushbu jinoiy qilmishning g‘ayritabiiyligi shundaki, jabrlanuvchilardan biri aynan ana shu qabristonda 6 yildan buyon nazoratchi bo‘lib ishlaydi. Jinoiy qilmish “qahramoni” o‘g‘irlagan qabrtoshlardan biri aynan uning marhum otasi uchun o‘rnatilgan bo‘lgan...

Nasim MANNONOV, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi “G‘oyib ota” qabristonida Nazoratchi:

— Biz oilamiz bilan marhum otamizning qabrigajoriy yilning 10-mart kuni1 million 200 mingga qora marmartosh o‘rnatgan edik. Chunki 16-mart kuni marhum otam Po‘lat Mannonovning tug‘ilgan kunlari edi. 1-aprel kuni ertalab soat 7 lar atrofida qabristonni kuzatib chiqayotuvdim, marhum otam qabriga o‘rnatilgan marmar toshning yo‘qligini ko‘rib qoldim, ammo avvaliga ishongim kelmadi. Shundan sung atrofga yana xam sinchkovlik bilan nazar tashladim. Shunda nariroqdagi yana bitta qabrga o‘rnatilgan marmartoshning yo‘qligiga ko‘zim tushdi. U qabr esa marhum Qurvanoy Xidirovaniki edi. Shundan so‘ng darhol Ziyokor mahalla uchastka noziriga qo‘ng‘iroq qildim. Ular ko‘pchilik bo‘lib kelishdi. Jinoyat ishlaridan kelgan xodimlar bo‘lgan voqiani o‘rganib chiqishdi. Keyin o‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘irlikni sodir etgan shaxs o‘sha kuni qabriston qorovullaridan birining qo‘l telefonidan qo‘ng‘iroq qilib, taksi chaqirgan. Voqea sodir bo‘lganining ertasaigayoq o‘g‘irlikni sodir etgan shaxs topildi. IIB xodimlari bizga marmarni qaytarib olib kelib berishdi, biz bundan juda mamnun bo‘ldik. So‘ngra toshga qayta ishlov berib, boshqatdan o‘rnatdik.

MA’LUMOT UCHUN: Hozirgi kunda G‘oyib ota qabristonida 1 ming 44 nafar marhumlarning qabrlari bor. 50 foizida qora marmar toshlar o‘rnatilgan.

Jinoiy ish hujjatlariga ko‘ra, mazkur jinoiy qilmishni sodir etgan shaxs 1993 yil 7 yanvarda G‘allaorol tumanida tug‘ilgan bir nafar farzandning otasi, ammo oilasi bilan ajrashgan Fayzullayev Amir bo‘lib chiqqan. U O‘zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 3-qismi “a” bandi va 134-moddasi 1-qismi bilan ayblangan. Ushbu jinoiy ish 2018 yil 12 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi. Sud majlisida qabrni tahqirlaganayblanuvchi A.Fayzullayev aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Qilmishidan pushaymonligi, o‘zi kasalmand ekanligini inobatga olib yengillik berishni so‘ragan.

G‘iyosiddin YALGASHEV, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudi raisi:

— Jinoiy ish hujjatlariga ko‘ra, 2018 yil 1 aprel kuni soat 19 larda sudlanuvchi Fayzullayev Amir Anatolyevich Sharof Rashidov tumanidagi «G‘oyib ota» qabristoniga kirgan. Qabristondan 2 dona qabrtoshini o‘g‘irlagan. Sudlanuvchi o‘g‘irlagan qabrtoshlarning biri marhum Mannonov Po‘lat qabriga o‘rnatilgan bo‘lib, 800 000 so‘mga qora marmardan yasalgan. Ikkinchi o‘g‘irlangan qabrtoshi esa marhuma Xidirova Qurvonoyning qabriga o‘rnatilgan bo‘lib, 1 250 000 so‘mga qora marmardan yasalgan. Amir ushbu toshlarni Samarqand shahridagi qabrtosh ustaxonasiga olib borib, qabrtoshlardagi yozuvlarini o‘chirtirib, toshlarni 570 000 so‘mga sotib yuborgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining 12 oktyabr kungi hukmiga ko‘ra, Amir Fayzullayev O‘zbekiston JK 134-moddasi (Qabrni tahqirlash) bo‘yicha aybdor deb topilib, unga nisbatan 3,5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!