Farg‘onada qurollangan jinoiy guruh ayol kishining uyiga bostirib kirdi

A A A
Farg‘onada qurollangan jinoiy guruh ayol kishining uyiga bostirib kirdi

Quvasoy shahrining «Polmon» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Mavjuda Akbaraliyeva (ism-shariflar o‘zgartirilgan) 2021 yil 26 oktyabr kuni kenja o‘g‘li Nizom bilan birga qo‘shni mamlakatda yashovchi qarindoshlarinikiga to‘yga ketadi. Uyda qizi Muhayyo bir oylik chaqalog‘i bilan yolg‘iz qoladi.

O‘rni kelganda shuni aytish kerakki, bu oila o‘ziga to‘q oilalardan edi.

Qolaversa, katta o‘g‘li Ziyodulla Ak­baraliyev xorijda ishlab, yaxshigina daromad topishini ham mahalla ahli yaxshi bilardi.

Qo‘shni ko‘chada yashovchi Isroil Alimov orqavarotdan «Mavjuda Akbaraliyevaning uyida to‘rtta qopda xorij valyutasi bor», degan uzunquloq gapni eshitgan edi. Ammo bu gap qanchalik rost yoki yol­g‘on ekanini u aniq bilmasdi.

Keyinchalik vaziyat shunga borib yetdiki, u bu mablag‘ni qo‘lga kiritish uchun jinoiy reja tuzishga kirishdi. Oxir-oqibat u g‘arazli maqsadini sinfdoshi Ma’ruf Iminjonov va mahalladoshi Jafarali Mamanovga aytdi.

— Qulay paytni poylab, uy­ga kiramiz. Agar hammasini olib chiqsak, sizlarni qu­ruq qo‘ymayman, ikki ming dollardan beraman, — dedi I. Alimov.

Hamtovoqlari mo‘may daromad daragini eshitib, darhol uning taklifiga rozi bo‘lishdi.

— Yana bir kishi kerak, har holda ko‘p­chilik bo‘lsak, ish tez bitadi, — deya mas­lahat berdi I. Alimov. Sheriklari ham bu fikrni ma’qullashdi.

Ertasi kuni I. Alimov voya­ga yetmagan Ahror Saydullayevning ko‘ngliga qo‘l solib ko‘rdi. O‘sha paytda A. Saydullayevning ikki kishidan qar­zdor bo‘­lib, shuni qanday to‘lashni bilmay boshi qo­­tib yurgan edi. Shu bois u dollar «operasiya»sini eshitgach, o‘y­lab ham o‘tirmay rozi bo‘ldi.

Jinoiy rejaga ko‘ra, Isroil, Jafarali va Ahror xonadonga yashirincha kiradigan, Ma’ruf esa, ko‘­chada poylab turadigan bo‘ldi.

2021 yil 24 oktyabr kuni kechqurun jinoiy guruh M. Akbaraliyevaning uyi oldiga kelishadi. Ammo kutilmaganda mehmonlar kelib, hovli gavjum bo‘lib qoladi. Buni ko‘rib, jinoiy guruh rejani amalga oshirishni boshqa kunga qoldirishadi. Ammo keyingi safar Jafarali kelmaydi. Shuning uchun ichkariga Isroil bilan Ahror kiradi. Bu vaqtda Ma’ruf nariroqdagi kanal bo‘yida I. Alimovning otasi Ikrom Alimovga tegishli «Damas» avtomashinasida ko‘chani kuzatib turadi.

Yuziga niqob taqib, qo‘liga «Gletcher CLT 1911» rusumli to‘pponcha tutgan «chaqirilmagan mehmonlar» xonadonga kirib, pul qidirishga tushishadi.

Ay­ni shu paytda bolasi bilan uyda o‘tirgan Muhayyo Akbaraliyeva oyoq tovushlarini eshitib qo‘rqib ketadi, bir muddat gapira olmay qoladi.

So‘ng bolasini bag‘ri­ga bosib, biroz o‘ziga kelgach, notanish kimsalardan kim ekanini so‘raydi.

— Baqirsang, otib tashlayman, — dey­di I. Alimov un­ga to‘pponchani o‘qtalib.

Ayni shu mahal Muhayyoning uyali telefoni jiringlab qoladi.

Qo‘shnisining qi­­zi Malikaga kechasi o‘zi bilan birga yotishni iltimos qilgani uchun u telefon qilayotgan edi.

— Javob ber. Ammo ko‘p gapirma, ke­yinroq qo‘ng‘iroq qi­laman, de, — deb buyuradi Isroil.

— Malika, bolamni uxlatayotgandim. O‘zim sizga qo‘n­g‘iroq qilaman, — deydi Muhayyo past ovozda.

Aloqa uzilgach, I. Alimov undan telefonni tortib oladi. Keyin dag‘dag‘a qilishga o‘tadi:

— Pullar qayerda? To‘rt qop dollar bor, buni hamma biladi, topib ber!

— Bizda hech qanday pul yo‘q, — deya javob beradi M. Akbaraliyeva titragancha.

Isroil esa, uning gapini oxirigacha eshitmay, A. Saydullayevga yuzlanadi:

— Bor, xonalarni birma-bir qarab chiq!

Biroq oradan ko‘p o‘tmay Ahror hech vaqo topolmay qaytib chiqadi. I. Alimov to‘pponchani unga berib, o‘zi xonama-xona pul izlashga tushadi.

— Tillalar qayerda?, — deb u o‘shqiradi pullarni topolmagach.

Bunga javoban Muhayyo onasi tilla taqinchoqlarini to‘y­ga taqib ketganini, shuning uchun o‘zining taqinchoqlarini berishini aytadi. Shunda birdan chaqaloq yig‘lab qoladi.

— Iltimos, bolamga tegmang, — deya ayol yalinib jigarbandini bag‘riga bosadi.

Shundan so‘ng M. Akbaraliyeva qo‘rqqanidan onasining buyumlari turadigan seyfni ochib beradi. Bosqinchilar seyf­­dagi Mavjuda Akbaraliyevaga tegishli 24 700 000 so‘mlik 17 dona kumush va tilla taqinchoqlar, 4 AQSh dollari (42 780 so‘m), narxi 250 000 so‘m­lik «Armani» rusumli erkaklar qo‘l soati, ba­hosi 450 AQSh dollariga teng bo‘l­gan «iPhone» rusumli uyali alo­­qa telefoni, 1 020 000 so‘mlik «Samsung» rusumli uyali aloqa telefoni ham­da 300 000 so‘m naqd pulni qo‘l­ga kiriti­sha­di. So‘ngra Isroil Mu­hayyo­dan yerto‘­laga olib tushishini talab qiladi. Lekin yerto‘ladan pul topilmaydi.

— Yaxshilikcha pullar qayerdaligini ayt, bo‘lmasa, otaman, — deb o‘dag‘aylaydi u to‘pponchani o‘qlagandek bo‘lib.

To‘pponchaning o‘qlanayotgan ovozini eshitganda M. Akbaraliyeva yig‘lab yuboradi va uy­da boshqa pul yo‘qligini aytadi. Xuddi shu mahal darvozani kimdir taqillatib uy egasining ismini aytib chaqiradi. Bu profilaktika inspektori R. Rahmonaliyev edi. Uning ovozini tanigan I. Alimov Muhayyoga «Ichkariga kir, eshikni ochma» deb buyruq beradi. Kelinchak e’tiroz bildirmay, o‘z xonasiga kirib ketgach, Isroil bilan Ahror hovlining orqa tarafidan ko‘­chaga qochib ketishadi.

Muhayyo Akbaraliyeva dar­hol eshikni ochib, inspektorga jinoyatchilar qochgan tomonni ko‘rsatadi. R. Rahmonaliyev bos­qinchilarning iziga tushadi. Oqi­batda bosqinchilar o‘sha kuniyoq qo‘lga olinadi. Ularning hamtovog‘i Jafarali Mamanov ertasi ku­ni ushlanadi. Shundan so‘ng bosqinchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Yaqinda jinoyat ishlari bo‘­yicha Quvasoy shahar sudi Is­roil Alimov, Ma’ruf Iminjonov, Jafarali Mamanov va Ahror Saydullayevni Jinoyat kodeksining bir qator moddalariga asosan aybdor deb topib, turli muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Biroq J. Mamanov va A. Saydullayev sud hukmidan norozi bo‘lib, apellyasiya ins­tansiyasiga murojaat qilishdi. Apellyasiya ins­tansiyasi sudi majlisida ayon bo‘l­diki, birinchi bos­qich sudi ularning qilmishlarini to‘g‘­ri malakalagan. Qolaversa, ularning aybi jabrlanuvchi, guvohlarning dast­labki tergov va suddagi ko‘rsatmala­ri,­ hodisa joyini ko‘zdan kechirish, ashyoviy dalilni olish, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish, sudlanuvchilar o‘r­tasida o‘tkazilgan yuzlashtirish bayonnomalari, sud-ballis­tik ekspertizasi xulosasi, videotasvir va fotosuratlar hamda ishda to‘p­langan boshqa dalillar bilan to‘liq isbotlangan. Shuningdek, ta­yin­langan jazo jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavf­lilik darajasi, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi ho­latlarga to‘liq mos keladi. Binobarin, Far­g‘ona viloyati sudi sudlov hay’ati apellyasiya shi­koya­tini qa­noatlantirmasdan, sud hukmini o‘zgarishsiz qoldirish yuzasidan ajrim chiqardi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, hayotda oqibatini o‘ylamay bosilgan har bir qadam insonni ayanch­li qismatga girftor qiladi. Bunday paytda pushaymon bo‘­lishning aslo foydasi yo‘q. Ayniqsa, sudlanuvchilarning ota-onalari takror-takror afsus chekkandan ko‘ra avval-boshidanoq far­zand­lariga to‘g‘ri tarbiya bersa, ularning yurish-turishini jiddiy nazoratga olishganda bayon etilgan voqea sodir bo‘lmasdi.

To‘lqin TO‘RAQULOV,

Farg‘ona viloyati sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.