Buxoroda gazdan o‘g‘rincha foydalanilayotgani aniqlandi

Buxoroda gazdan o‘g‘rincha foydalanilayotgani aniqlandi

3 dekabr kuni «NaturalGas-Stream» MCHJ QK “Chandir” koni xizmati xodimlari tomonidan Buxoro viloyati hududida joylashgan «Chandir» - «Janubiy Kemachi» 57 kilometrli gaz quvuri liniyasini ko‘rikdan o‘tkazish davomida ushbu gaz quvurining 9,2 km da noqonuniy ravishda gaz kondensatini olish bo‘yicha ulanish fakti aniqlandi, deb xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Ko‘rik davomida 32 mm diametrli va uzunligi 250 metr bo‘lgan polietilen shlang yer yuzasidan 20-50 sm. chuqurlikka ko‘mib qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan.

Natijada, «NaturalGas-Stream» MCHJ QK rahbariyati darhol «Novmitan» qo‘rg‘oni milisiya tayanch punktining uchastka noziriga murojaat qilgan. Gaz quvuriga noqonuniy ulanish fakti rasmiylashtirilib, amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish uchun mazkur ishga aloqador shaxslarni aniqlash ishlari olib borilmoqda. 

«NaturalGas-Stream» MCHJ QK rahbariyati avval ham VIIB ga mazkur gaz quvuriga shu kabi noqonuniy ulanishlar holatlari bo‘yicha murojaat qilgan. Bunday holat 2017 yildan buyon to‘rtinchi bor takrorlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!