Bosh prokuratura Oqdaryoda do‘pposlanib, “samosud” qilingan ayol ishi tafsilotlarini ma’lum qildi

Bosh prokuratura Oqdaryoda do‘pposlanib, “samosud” qilingan ayol ishi tafsilotlarini ma’lum qildi

Avvalroq, Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida maoshi evaziga dala egasining ruxsati bilan mosh terayotgan ayol fermerning ukalari tomonidan o‘g‘rilikda ayblanib, samosud qilingani, tahqirlangani va xo‘rlangani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qalampir.uzga mazkur voqea tafsilotlari haqida ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, o‘tgan yilning 24 dekabr kuni fuqaro F.U. tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan, Ayol o‘z arizasida Qum ota buva fermer xo‘jaligi raisi Z.U.ning ukalari B.U. va I.U. Qum ota buva fermer xo‘jaligi dala maydonida uni haqoratlab, o‘rib-dupposlab, tan jarohati yetkazib, qo‘llarini bog‘lab qo‘yib, ushbu holatni o‘zlarining qo‘l telefoniga video tasvirga tushirishib, ushbu tasvirni unga berishib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib kelishayotganini bildirgan va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan hamda arizasiga SD-diskni ilova qilgan.

Ushbu SD-disk ko‘zdan kechirilganida, xaqiqatdan unda dala maydonida, qorong‘u sharoitda fuqaro F.U.ni bir nafar shaxs unga jismoniy va ruhiy azob berib, hakoratlab, qiynayotganligi aks ettirilganligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu tasvir muqaddam IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan paytda taqdim qilinmagan va uning mavjudligi xususida hech bir ma’lumot berilmagan.

Mazkur fakt yuzasidan hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tegishlicha nazorat o‘rnatilgan.

2018 yilning 25 dekabr kuni Oqdaryo tuman IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan F.U.ning arizasi yuzasidan JKning 110-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, tuman prokuraturasi tomonidan Oqdaryo tuman ma’muriy sudining 2018 yil 4 dekabrdagi qarori asossiz bo‘lganligi sababli, uni bekor qilib, ishni qo‘shimcha surishtiruvga qaytarish borasida 2018 yilning 26 dekabr kuni Samarqand viloyat ma’muriy sudining kassasiya instansiyasi sudlov hay’atiga protest kiritilgan.

Mazkur xolat yuzasidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!