Yuk avtomobillari uchun Toshkent shahriga kirib chiqishda cheklovlar o‘rnatilishi mumkin

Yuk avtomobillari uchun Toshkent shahriga kirib chiqishda cheklovlar o‘rnatilishi mumkin

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga Toshkent shahar IIB YHXB tomonidan yo‘llarda tirbandlikning oldini olish maqsadida ertalab soat 7.00-10.00 va kechki 17.00-20.00 vaqtlar oralig‘ida Toshkent shahriga og‘ir yuk tashuvchi transpoprt vositalarining kirib chiqishini cheklash haqida qaror qabul qilish taklifi kiritilgan (https://t.me/deputat_kusherbayev/1173).

Ushbu masala tez kunlarda Toshkent shahar kengashi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. 

«Agar deputatlar bu qarorni qabul qilishsa Toshkentda tirbandliklar biroz bo‘lsa ham kamayadi, deb umid qilamiz», - deb yozmoqda deputat Rasul Kusherbayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!