Xitoyda o‘qiyotgan turli davlat harbiylari bayram munosabati bilan O‘zbekiston harbiylariga videotabrik yo‘lladi

Xitoyda o‘qiyotgan turli davlat harbiylari bayram munosabati bilan O‘zbekiston harbiylariga videotabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirayotgan o‘zbekistonlik harbiylar xorijlik kursdoshlariga bayram tadbiri o‘tkazib berdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar qilmoqda.

Xususan, Jiangsu viloyati Kunshan shahrida joylashgan Kadrlarni qayta tayyorlash unversitetida o‘zbekistonlik va xorijlik harbiy xizmatchilar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash maqsadida keyingi uch yilda amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

– Men yurtingiz tarixi va undagi olamga mashhur qadimiy shaharlari haqida ko‘p eshitganman. Bugungi tadbirdan keyin, albatta, O‘zbekistonga borishga va undagi qadimiy shaharlarni ziyorat qilishga qaror qildim, – deydi universitet professori polkovnik Chu Pan

Tadbir yakunida nepallik mayor Dev Chang, Turkiya vakili kapitan Mehmed Salomi, Vanuatu mamlakatidan kelgan katta leytenant Patrit Vanyu, sudanlik kapitan Muhammad Eltijon, Fijiy vakili katta leytenant Francues Valentine hamda ekvadorlik kapitan Lulan Livido Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston harbiylariga o‘ziga hos usulda videotabrik yo‘llashdi.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!