O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 10 143 nafarni tashkil qilmoqda

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 10 143 nafarni tashkil qilmoqda

2020 yil 6 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10143 (+123) nafarni tashkil etmoqda.  
 Yangi kasallanish holatlarining 43 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 60 nafari Andijon viloyatida (shundan 58 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 20 nafari Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3524 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!