Toshkentdagi kafeda gazli shar yorilishi natijasida bolalar jarohat oldi

Toshkentdagi kafeda gazli shar yorilishi natijasida bolalar jarohat oldi

Bugun ko‘plab bayramlarda havo sharlaridan foydalaniladi. Tug‘ilgan kun, yangi do‘kon yoki ofislarning ochilish marosimlarini bezash uchun turli xil havo sharlari ishlatilishi odat tusiga kirib qoldi.

Ammo bu kabi havo sharlarini xarid qilishdan oldin albatta ularning sog‘liq uchun xavfsizligiga va geliy bilan to‘ldirilganligiga ishon hosil qilish zarur.

Sababi, ba’zi bir insofsiz sotuvchilar yoqilg‘i gazi bilan to‘ldirilgan sharlarni sotishmoqda. Bunday sharlar inson sog‘lig‘iga va hayotiga xavf tug‘dirishi barchaga ayon. Kichik bir uchqun sababli ham bu kabi sharlar portlab, ichidagi gaz yonib ketadi. Natijada inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetib, tanasi kuyish mumkin.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning noyabr oyida Uchtepa tumanidagi “Chiroqchi” kafesida tug‘ilgan kun nishonlash jarayonida yonib turgan shamli tort oldida tabiiy gaz bilan to‘ldirilgan shar portladi. Oqibatda to‘rt nafar qizlarning yuz va qo‘llarida turli darajadagi kuyish izlari qolgan.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!