Toshkentda salkam 1 milliard 322 million so‘mlik qing‘irlikka chek qo‘yildi

Toshkentda salkam 1 milliard 322 million so‘mlik qing‘irlikka chek qo‘yildi

Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarning respublikamiz hududiga noqonuniy kirib kelishini oldini olishga qaratilgan chora-tabdirlar muntazam davom etirilmoqda.

Salkam 1 milliard 322 million so‘mlik qing‘irlikka  chek qo‘yildi

Bu borada Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari bir qator huquqbuzarlik holatlarini fosh etishdi.

Xususan,  xorijdan Andijon viloyatida faoliyat olib boruvchi jamiyat nomiga yuk konteynerida keltirilgan asbob-uskuna va xo‘jalik tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, konteynerlarda yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 587 mln. so‘mlik 2 turdagi maishiy buyumlar borligi aniqlandi.

Navbatdagi holatda esa, post xodimlari tomonidan Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi bilan hamkorlikda xorijdan keltirilgan 2 ta yuk konteynerini ko‘zdan kechirish davomida hujjatlarda qayd etilmagan 117 mln. so‘mlik 5 turdagi “tele-radio ehtiyot qismlari“ hamda 4 turdagi 311 mln. so‘mlik xalq iste’moli tovarlari mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi yana bir korxonaga nomiga keltirilgan tovarlarni ko‘zdan kechirish davomida yo‘l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 586 mln. so‘mlik 8,5 tonna og‘irlikdagi sun’iy terilar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!