Toshkentda ko‘pqavatli uyning balkonlari qulab tushdi

Toshkentda ko‘pqavatli uyning balkonlari qulab tushdi

Toshkentda turar-joy balkoni qulab tushdi, deb xabar qilmoqda Toshkent IIBB matbuot-xizmati.

Hodisa bugun soat taxminan 18:40larda yuz bergan. Uchtepa tumani 23-daha № 20 uyda 5-qavatdan 2-qavatgacha bo‘lgan bir yo‘la to‘rtta xonadonning balkonlari qulab tushgan.

Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.

Xabarda aytilishicha, qulash sababi - g‘isht o‘rilishi tufayli osma balkon konstruksiyasida buzilish ro‘y bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!